A R G U M E N T P A R T N E R S
Logo
Logo
  • Asosiy
  • Xizmatlar
  • Amaliyot
  • O‘zim haqimda
  • Biografiya
  • Aloqa uchun
  • RU EN UZ
Logo
  • Asosiy
  • Xizmatlar
  • Amaliyot
  • O‘zim haqimda
  • Biografiya
  • Aloqa uchun
RU EN UZ

JAMSHID NOMOZOV

“ARGUMENT PARTNERS” Advokatlik byurosi rahbari ADVOKAT

Biografiya
Thumb
Thumb

Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari

Biznesni yuridik qo‘llab-quvvatlash

Biznesni yuridik qo‘llab-quvvatlash

Biznes egalari va kompaniyalar uchun kompleks huquqiy xizmatlar: bitimlarni tuzish, korporativ boshqaruv, shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, aktivlarni himoya qilish hamda huquqiy xavflarni minimallashtirish.

Jinoyat ishlari

Jinoyat ishlari

Jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida huquqiy himoya. Tergov harakatlari, sudlar va davlat organlarida ishonch bildiruvchining manfaatlarini to‘liq maxfiylik tamoyiliga rioya qilgan holda himoya qilish.

Iqtisodiy nizolar

Iqtisodiy nizolar

Murakkab tijorat nizolarini hal etish, biznes manfaatlarini himoya qilish, shartnomaviy nizolarni yuritish, qarzdorlikni undirish hamda iqtisodiy sudlarda vakillik qilish.

Fuqarolik nizolari

Fuqarolik nizolari

Mulk, shartnoma, uy-joy, yer va boshqa fuqarolik-huquqiy masalalar bo‘yicha manfaatlarni himoya qilish hamda mijoz uchun eng maqbul natijaga erishishga qaratilgan huquqiy yordam.

Ma'muriy ishlar

Ma'muriy ishlar

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarida manfaatlarini himoya qilish, ma'muriy qarorlar, harakatlar yoki harakatsizlik ustidan shikoyat qilish hamda ma'muriy ishlarni yuritish.

Oilaviy nizolar

Oilaviy nizolar

Oilaviy nizolarni hal etish, jumladan nikohni bekor qilish, mol-mulkni bo‘lish, aliment masalalari, bolalarning yashash joyini belgilash va oila mulkiy manfaatlarini himoya qilish.

Meros ishlari

Meros ishlari

Meros huquqiga oid masalalar bo‘yicha kompleks huquqiy yordam: meros huquqini rasmiylashtirish, merosxo‘rlarning huquqlarini himoya qilish, meros nizolarini hal etish hamda oilaviy aktivlarning vorislik tartibida o‘tishini huquqiy ta'minlash.

Thumb

ü  Mijozlarimizning huquqiy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, faoliyatdagi huquqiy xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish — advokaturamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

ü  Biz mijozlarimizga kompleks huquqiy xizmatlar ko‘rsatib, ularning kundalik faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz hamda har bir masalaga individual va tizimli yondashamiz. Bitimlar, shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish orqali mijozlarimiz manfaatlarini ishonchli himoya qilamiz.

ü  Korporativ boshqaruv masalalarida kompaniyalarni tashkil etish va qayta tashkil etish, ishtirokchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda korporativ jarayonlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda ko‘maklashamiz.

ü  Shuningdek, huquqiy audit va ekspertiza orqali mavjud hamda ehtimoliy huquqiy xavflarni aniqlab, ularni bartaraf etish va minimallashtirish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqamiz. Mulk va boshqa aktivlarni himoya qilish, mulkiy manfaatlarni ta’minlash hamda ehtimoliy nizolarning oldini olishga alohida e’tibor qaratamiz.

üBizning maqsadimiz — mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini nafaqat yuzaga kelgan muammolardan himoya qilish, balki huquqiy xavflarni oldindan ko‘ra bilish va ularning oldini olish orqali biznes uchun barqaror va ishonchli huquqiy muhit yaratishdir.

Thumb

ü  Jinoyat ishlari bo‘yicha advokatlik yordami mijozning huquq va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. Har bir ish bo‘yicha mavjud huquqiy vaziyat chuqur tahlil qilinib, ishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda samarali himoya strategiyasi ishlab chiqiladi.

ü  Advokat tergov va sud jarayonlarining barcha tegishli bosqichlarida mijoz manfaatlarini himoya qiladi, so‘roq, tintuv, yuzlashtirish
va boshqa protsessual harakatlarda ishtirok etadi. Ish bo‘yicha to‘plangan dalillarni tahlil qilib, ularning qonuniyligi va maqbulligini baholaydi, zarur hollarda dalillarni to‘plash va taqdim etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.

ü  Mijozning protsessual huquqlari buzilishining oldini olish, buzilgan huquqlarni tiklash hamda ehtiyot choralarini qo‘llash yoki o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalarda huquqiy himoyani ta’minlaydi. Tergov organlari va sudga arizalar, iltimosnomalar, shikoyatlar hamda boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.

ü  Sud jarayonida himoya pozitsiyasini huquqiy jihatdan asoslab, mijozning manfaatlarini izchil himoya qiladi. Zarur hollarda ishni apellyatsiya va kassatsiya bosqichlarida davom ettirib, tegishli huquqiy yordam ko‘rsatadi. Shu bilan birga, jinoyat ishi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xavflarni oldindan baholab, mijoz uchun qonuniy va maqbul yechimlarni ishlab chiqadi.

Thumb

ü Biznes faoliyati jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolarni samarali hal etish, mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda ularning biznes manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks huquqiy yordam ko‘rsatamiz.

ü Nizolarning kelib chiqish sabablari va huquqiy holatini chuqur tahlil qilib, ularni muzokaralar va sudgacha bo‘lgan tartibda hal etish imkoniyatlarini baholaymiz. Zarur hollarda mijoz manfaatlarini sudda himoya qilib, nizoni qonuniy va samarali hal etishga qaratilgan huquqiy strategiyani ishlab chiqamiz.

ü Qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq masalalarda qarzdorlikning huquqiy asoslarini tahlil qilamiz, zarur hujjatlarni tayyorlaymiz va qarzdorlikni undirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ramiz.

ü Iqtisodiy sudlarda mijozlarning manfaatlarini professional tarzda himoya qilamiz, da’vo arizalari, e’tirozlar, iltimosnomalar, shikoyatlar va boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz hamda sud jarayonlarining barcha tegishli bosqichlarida vakillikni amalga oshiramiz.

ü Maqsadimiz — mijozlarning biznes manfaatlarini samarali himoya qilish, iqtisodiy nizolarni oqilona va qonuniy yo‘l bilan hal etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy va moliyaviy xavflarni minimallashtirish.

Thumb

ü  Fuqarolik nizolari yuzaga kelganda, avvalo nizoning huquqiy holatini chuqur tahlil qilib, mijozning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan samarali huquqiy strategiyani ishlab chiqamiz. Har bir ishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, nizoni sudgacha bo‘lgan tartibda hal etish imkoniyatlarini baholaymiz va zarur hollarda mijoz manfaatlarini sudlarda professional tarzda himoya qilamiz.

ü  Sud jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida da’vo arizalari, e’tirozlar, arizalar, iltimosnomalar va shikoyatlar kabi zarur protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz hamda ularning huquqiy jihatdan asoslanganligini ta’minlaymiz. Qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq nizolarda qarzdorlikning huquqiy asoslarini tahlil qilib, mijoz manfaatlarini himoya qilish va qarzdorlikni undirish bo‘yicha tegishli huquqiy choralarni ko‘ramiz.

ü Shuningdek, mulk, shartnomalar, uy-joy, yer va boshqa fuqarolik-huquqiy nizolar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berib, nizoni samarali va qonuniy yo‘l bilan hal etishning maqbul variantlarini taklif qilamiz. Maqsadimiz — mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda nizolarni imkon qadar samarali va oqilona hal etishdir.

Thumb

ü  Ma’muriy ishlar bo‘yicha biz mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida ishning huquqiy holatini chuqur tahlil qilamiz va mavjud vaziyatdan kelib chiqib samarali huquqiy strategiyani ishlab chiqamiz. Har bir ishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, mijozlarimiz manfaatlarini ma’muriy organlar va sudlarda himoya qilamiz.

ü  Ma’muriy ishlar doirasida ariza, shikoyat, iltimosnoma va boshqa zarur huquqiy hujjatlarni tayyorlaymiz, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlaymiz hamda mijozlarimizning huquqiy pozitsiyasini asoslashga ko‘maklashamiz. Ma’muriy javobgarlik bilan bog‘liq masalalarda huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatib, mijozlarimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ramiz.

ü  Jarima va boshqa ma’muriy choralar qo‘llanilishi bilan bog‘liq holatlarda ularning qonuniyligi va asoslanganligini tahlil qilib, zarur hollarda tegishli organlar va sudlarda mijozlarimiz manfaatlarini himoya qilamiz. Maqsadimiz — ma’muriy ishlarni qonuniy va samarali hal etish hamda mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir.

Thumb

ü  Oilaviy nizolar yuzaga kelganda, biz mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks huquqiy yordam ko‘rsatamiz. Har bir oilaviy nizoning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilib, vaziyatni qonuniy va oqilona hal etishga qaratilgan huquqiy strategiyani ishlab chiqamiz.

ü  Nikohni bekor qilish bilan bog‘liq masalalarda sudgacha va sud jarayonlarida huquqiy yordam ko‘rsatib, mijozlarimizning manfaatlarini himoya qilamiz. Nikoh davomida orttirilgan mol-mulkni bo‘lish masalalarida tomonlarning mulkiy huquqlarini tahlil qilib, adolatli va qonuniy yechimga erishishga ko‘maklashamiz.

ü  Shuningdek, aliment undirish va to‘lash bilan bog‘liq masalalarda, bolalarning yashash joyini belgilash hamda ota-onalarning huquq va majburiyatlariga oid nizolarda huquqiy yordam ko‘rsatamiz. Zarur hollarda sudlarda mijozlarimiz manfaatlarini himoya qilib, tegishli ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz.

ü  Bizning asosiy maqsadimiz — oilaviy nizolarni imkon qadar tinch va qonuniy yo‘l bilan hal etish, mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan mulkiy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir.

Thumb

ü  Meros masalalari yuzaga kelganda, biz meros nizolarining huquqiy holatini chuqur tahlil qilib, mijozlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan samarali huquqiy yechimlarni ishlab chiqamiz. Har bir ishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, merosni qabul qilish va uni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatamiz.

ü  Meros tarkibini va merosxo‘rlar doirasini aniqlash, merosga bo‘lgan huquqlarni belgilash hamda merosni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda mijozlarimizga huquqiy maslahat va amaliy yordam beramiz. Merosni bo‘lish bilan bog‘liq nizolarda tomonlarning huquq va manfaatlarini tahlil qilib, nizoni qonuniy va maqbul yo‘l bilan hal etishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqamiz.

ü  Zarur hollarda meros va mulkiy nizolar bo‘yicha sudlarda mijozlarimiz manfaatlarini himoya qilamiz, da’vo arizalari, arizalar, iltimosnomalar, shikoyatlar va boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz hamda sud jarayonlarining tegishli bosqichlarida vakillikni amalga oshiramiz. Maqsadimiz — meros bilan bog‘liq masalalarni qonuniy va samarali hal etish hamda mijozlarimizning meros va mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishdir.

Shape
Amaliyot

Oxirgi hal etilgan ishlarning huquqiy tahlili

Shape
15
+
yillik tajriba
50
+
muvaffaqiyatli loyihalar
2000
+
sudlarda ishtirok
1000
+
mamnun mijozlar
Amaliyot
Amaliyot
Davom ettirish
Amaliyot
  • Mijoz Ulgurji sotuv bilan shug'ullanuvchi kompaniya
  • Project turi Qarzdorlikni undirish
  • Sana 08.09.2026
  • Manzil Toshkent, O'zbekiston

Qarzdorlikni undirish bo‘yicha muvaffaqiyatli sud ishi

Muammo

Mijoz va kontragent o‘rtasida ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Shartnoma doirasida jami 500 000 000 so‘mlik tovarlar yetkazib berilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan.

Biroq kontragent tomonidan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari to‘liq bajarilmagan va 300 000 000 so‘m miqdoridagi qarzdorlik yuzaga kelgan.

Qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda undirish maqsadida kontragentga talabnoma yuborilgan. Shunga qaramay, talabnomaga javob berilmagan va qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Amalga oshirilgan ishlar

Mijozning manfaatlarini himoya qilish maqsadida qarzdorlikni undirish yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rildi.

Jumladan, sudga:

  • asosiy qarzdorlikni;
  • neustoykani;
  • yetkazilgan zararni

undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

Sud jarayonida shartnoma majburiyatlari, tovarlar yetkazib berilgani va xizmatlar ko‘rsatilgani, shuningdek, qarzdorlikning mavjudligi bilan bog‘liq dalillar taqdim etilib, mijozning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Natija

Sud qaroriga ko‘ra, javobgardan jami 340 000 000 so‘m undirilishi ta’minlandi:

300 000 000 so‘m — asosiy qarzdorlik
30 000 000 so‘m — neustoyka
10 000 000 so‘m — yetkazilgan zarar

Natijada mijozning shartnoma bo‘yicha buzilgan mulkiy huquqlari tiklanib, mavjud qarzdorlikni undirish ta’minlandi.

O‘zim haqimda

Huquqshunoslikda o‘z ish faoliyatimni 2011-yilda 1-sonli Toshkent yuridik kolledjida o‘qib yurgan vaqtimda huquqshunos yordamchisi sifatida boshlaganman.
2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini, 2021-yilda Latviya universitetining biznesni boshqarish yo‘nalishi (MBA) bo‘yicha magistraturani, 2022-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi taʼlim yo‘nalishida bakalavr bosqichini tamomlaganman. 2020 yilda 6 oy davomida Germaniyaning Xoenxaym universitetida Erasmus dasturi doirasida tahsil olganman.
Shuningdek, 2018-yilda Turkiyaning Borsa Istanbul fond birjasida, 2019-yil Moskvada Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti hamda Buyuk Britaniyaning London universiteti, 2023-yilda Singapurda o‘z malakamni oshirganman.
15 yillik bo‘lgan professional faoliyatim davomida bir qator davlat organlari va korxonalari, shuningdek xususiy sohada ishlab, tajriba orttirganman. Bugungi kunda - “ARGUMENT PARTNERS” Advokatlik byurosi rahbari hamda advokat sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga professional yuridik yordam ko‘rsatib kelmoqdaman.

Shape
  • Ism

    Jamshid Nomozov

  • Maqomi

    advokat, O‘zbekiston Respublikasi
    Advokatlar palatasi a’zosi

  • Mutaxassislik

    ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish

  • Tajriba

    15 yil

  • Faoliyat hududi

    Toshkent shahri va viloyatlar

  • Litsenziya

    L-70668087

  • Telefon

    +998 97 703-92-77

  • Email

    info@argument.uz

  • Huquqiy xavflarni tahlil qilish va huquqiy xulosalar tayyorlash

  • Ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish

  • Samarali himoya strategiyasi va huquqiy pozitsiyani ishlab chiqish

  • Muzokaralar olib borish va nizolarni sudgacha hal etish ko‘nikmalari

  • Hujjatlar va bitimlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish

  • Davlat organlari va tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish

  • 2013-2017

    Toshkent davlat yuridik universiteti (bakalvr)

  • 2017-2022

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr)

  • 2019-2021

    Latviya universiteti (magistratura, MBA)

  • 2020-2021

    Hohenheim universiteti (magistratura, ERASMUS)

Bizning jamoa

JAMSHID NOMOZOV

JAMSHID NOMOZOV

“ARGUMENT PARTNERS” Advokatlik byurosi rahbari, advokat

 MADINA BOBOQULOVA

MADINA BOBOQULOVA

“ARGUMENT PARTNERS” Advokatlik byurosi, advokat yordamchisi

Bizning hamkorlar

Thumb Thumb Thumb Thumb Thumb Thumb Thumb Thumb Thumb

Mijozlar fikri

Thumb

"Muammomni qisqa vaqt ichida hal qilishga yordam berishdi. Xodimlarning muomalasi ham juda yaxshi ekan. Kerak bo'lsa yana murojaat qilaman."

Bekzod Tursunov

Thumb

"Oldin huquqiy ishlarni umuman tushunmasdim. Bu yerda hammasini sodda qilib tushuntirishdi. Hujjatlarim bilan ham juda yaxshi yordam berishdi."

Nigora Sodiqova

Thumb

"Birinchi marta advokatga murojaat qilishim edi. Ochiqchasiga maslahat berishdi, ortiqcha va'da qilishmadi. Natijadan ko'nglim to'ldi."

Jahongir Xudoyberdiyev

Thumb

"Shartnoma masalasida yordam so'ragandim. Ishni cho'zishmadi, hammasini tez va sifatli qilib berishdi. Ishonch bilan tavsiya qilaman."

Malika Ismoilova

Thumb

"Sud ishi bilan bog'liq muammom bor edi. Har safar qo'ng'iroq qilsam javob berishdi, nima qilish kerakligini tushuntirib turishdi. Rahmat."

Dilshod Karimov

Thumb

"Ishim bo'yicha murojaat qilgandim. Hammasini oddiy tilda tushuntirib berishdi, hujjatlarimni ham o'z vaqtida tayyorlashdi. Xizmatidan rostdan ham mamnun bo'ldim."

Akmal Rahimov

illustration
illustration

Huquqning kuchi har bir dalilda! Qiyinchiliklarni biz bilan yengib o‘ting!

Biz bilan bog‘laning

Yangiliklar

Qonunchilik hujjatlari dayjesti

📢 2026-YIL 16-OKTABRDAN AUDITORLIK TASHKILOTLARI UCHUN YANGI TALABLAR KUCHGA KIRADI

📢 2026-YIL 16-OKTABRDAN AUDITORLIK TASHKILOTLARI UCHUN YANGI TALABLAR KUCHGA KIRADI

  • 14.10.2026
📢 O‘ZBEKISTONDA SPELEOTURIZM RIVOJLANTIRILADI

📢 O‘ZBEKISTONDA SPELEOTURIZM RIVOJLANTIRILADI

  • 13.10.2026
⚠️ EHTIYOTSIZLIK 65,6 MLN SO‘MGA TUSHDI

⚠️ EHTIYOTSIZLIK 65,6 MLN SO‘MGA TUSHDI

  • 10.10.2026
Thumb
  • izoh

🔹 Mas’ul xodimlarga qo‘yiladigan talablar. Muayyan toifadagi jinoyatlar uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mas’ul xodim etib tayinlanishi mumkin emas.

🔹 Har yili malaka oshirish. Mas’ul xodimlar yiliga kamida bir marta malaka oshirishi, tashkilot xodimlari esa ichki nazorat bo‘yicha o‘qitilishi lozim.

🔹 Mijozlarni tekshirish. Mijozlarning operatsiyalari maqsadi va xususiyati, shuningdek, pul mablag‘larining kelib chiqish manbalari o‘rganiladi.

🔹 Xavflar aniqlanganda ko‘riladigan choralar. Pul mablag‘larining manbalari yoki operatsiyalar maqsadi haqida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmasa, auditorlik tashkiloti vakolatli organni xabardor qilishi hamda mijoz bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatishni yoki uning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishi shart.

🔹 Samaradorlikni nazorat qilish. Auditorlik tashkiloti rahbari ichki nazorat tizimining samaradorligini muntazam baholashi va uni takomillashtirib borishi shart.

📌 Huquqiy asos: 2026-yil 19-iyundagi 378-son va 2026-yil 8-iyundagi 28-son qarorlar, 3101-4-son ro‘yxat raqami.

Oldingi yangilik
Keyingi yangilik
Joseph Miller
Joseph Miller Javob berish
28.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Sarah Williams
Sarah Williams Javob berish
25.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

James Smith
James Smith Javob berish
24.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Izoh qoldiring

Replying to:

Thumb
  • izoh

O‘zbekistonda g‘orlar va boshqa speleologik obyektlardan turizm salohiyati sifatida samarali foydalanish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.
🔎 Speleoturizm — g‘orlar, g‘or tizimlari va boshqa tabiiy yerosti obyektlariga uyushtiriladigan sayohatlardir.
Asosiy o‘zgarishlar:
📍 Hududlar: Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida speleoturizm obyektlari rivojlantiriladi.
🏗 Turistik infratuzilma: 2026–2028-yillarda g‘orlar joylashgan hududlarda turistik infratuzilma yaratiladi.
🏡 Oilaviy mehmon uylari: Mahalliy aholiga oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda ko‘maklashiladi.
🦺 Xavfsizlik: G‘orlarga sayyohlik tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha xavfsizlik qoidalari ishlab chiqiladi.
🌱 Tabiatni muhofaza qilish: Tabiiy obyektlar va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish talablari kuchaytiriladi.
💰 Investitsiyalar: Xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish choralari ko‘riladi.
🌍 Xalqaro hamkorlik: Xalqaro ekspeditsiyalar, konferensiyalar va ilmiy tadqiqotlar tashkil etiladi.
🎥 Turizm targ‘iboti: O‘zbekiston g‘orlarini xorijda targ‘ib qilish uchun hujjatli filmlar va boshqa media materiallar tayyorlanadi.

Oldingi yangilik
Keyingi yangilik
Joseph Miller
Joseph Miller Javob berish
28.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Sarah Williams
Sarah Williams Javob berish
25.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

James Smith
James Smith Javob berish
24.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Izoh qoldiring

Replying to:

Thumb
  • izoh

🚗 Bitta avtomobil — ikki nafar javobgar.

Sud amaliyoti sharhiga ko‘ra, ota o‘g‘lini avtomobilni boshqarish huquqiga ega shaxs sifatida cheklangan sug‘urta polisiga kiritmagan.

Biroq o‘g‘li avtomobilni boshqarib, yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lgan.

💰 Natijada sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchiga 65 624 941 so‘m to‘lagan va keyinchalik ushbu summani regress tartibida undirish talabi bilan sudga murojaat qilgan.

⚖️ Sud qanday qarorga keldi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’ati yuqori xavf manbai egasi — ota ham avtomobil uning roziligi bilan boshqa shaxsga berilgan taqdirda, transport vositasi yetkazgan zarar uchun javobgar bo‘lishini ta’kidladi.

📌 Shu sababli to‘langan sug‘urta tovoni regress tartibida haydovchi va avtomobil egasidan solidar tartibda undirilishi lozim.

🔎 Xulosa:

Agar sug‘urta polisida avtomobilni boshqarishga haqli shaxslarning cheklangan doirasi belgilangan bo‘lsa, boshqa shaxsga avtomobilni boshqarishga ruxsat berish jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda nafaqat haydovchi, balki avtomobil egasi ham javobgar bo‘lishi mumkin.

💡 Avtomobilni boshqa shaxsga berishdan oldin sug‘urta polisida kimlar ko‘rsatilganini tekshiring!

Oldingi yangilik
Keyingi yangilik
Joseph Miller
Joseph Miller Javob berish
28.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Sarah Williams
Sarah Williams Javob berish
25.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

James Smith
James Smith Javob berish
24.10.2026

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchiman. Iltimos, elektron pochta orqali bog‘laning.

Izoh qoldiring

Replying to:

Bizga yozing

Har qanday savol va takliflar

  • Bizning pochta

    info@argument.uz
  • Manzil

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor 2/1-uy
  • Telefon

    +998 97 703-92-77

© 2026 Argument Partners. Barcha huquqlar himoyalangan